Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Egasiz hayvonlarni ushlash otryadi xodimi mushuklarni sellofan paketda dimlab o‘ldirdi

Egasiz hayvonlarni ushlash otryadi xodimi mushuklarni sellofan paketda dimlab o‘ldirdi

Toshkent shahri Mirobod tumani Ma’muriy sudi egasiz hayvonlarni ushlash bo‘yicha mexanizatsiyalashgan otryadning haydovchisi Aleksandr Danilovni mushuklarni ushlab, ularni seloffan paketga solib, dimlab o‘ldirgani uchun jazo tayinladi. Qolaversa, u o‘sha vaqtda jonivorlarni qutqarishga harakat qilgan fuqaro Larisa Suloyevaga tan jarohati yetkazgan.

Danilov qilmishi uchun sudlanib jazoga tortildi. L.Suloyevaga yengil tan jarohati yetkazgani uchun O‘zRMK ning 52 moddasi 2 qismi bilan 2 minimal ish haqi (404460 so‘m) va jonivorlarni qasddan o‘ldirgani uchun ham MK 111 moddasi bilan ham 2 minimal ish haqi miqdorida jarimaga tortilgan.

Ammo bu yetarlimi? Jonivorlarni qiynab o‘ldirish, ularni qutqarmoqchi bo‘lgan fuqaroni urish, ya’ni ikkita jinoyat sodir etgan shaxs atigi umumiy hisobda 808520 so‘mga jazolandi. Bu qabul qilingan jarimalarning o‘ta pastligi, shuning uchun ham jonivorlarni qiynash, o‘ldirish va ularga ozor berish davom etayotganini ko‘rsatadi.

Barcha ekotashkilotlar qonunni yanada takomillashtirib, uysiz hayvonlarni urib, otib va boshqa yo‘llar bilan o‘ldirayotgan obodonlashtirish bo‘limlari qoshidagi xalq tili bilan aytiladigan «otlovka»larni boshpanalarga aylantirishga erishishlari lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring