Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YeChL. «Liverpul»ning himoyasi Madridda «tomosha» ko‘rsatdi, «Manchester Siti» o‘z uyida qiynaldi

YeChL. «Liverpul»ning himoyasi Madridda «tomosha» ko‘rsatdi, «Manchester Siti» o‘z uyida qiynaldi

Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final bosqichining dastlabki uchrashuvlaridan o‘rin olgan ikki bahs bo‘lib o‘tdi.

Madridda «Real» bilan bahs olib borgan «Liverpul» himoyasidagi qo‘pol xatolar evaziga uchta to‘p o‘tkazib yubordi va faqat bir bor javob qaytarishning uddasidan chiqdi.

«Real Madrid» Ispaniya – «Liverpul» Angliya 3:1

Gollar: 1:0 – 27 Vinisius Junior, 2:0 – 36 Asensio, 2:1 – 51 Saloh, 3:1 – 65 Vinisius Junior.

«Real»: Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Vaskes, Modrich, Kazemiro, Asensio (Valverde, 70), Kroos, Vinisius Junior (Rodrigo, 85), Benzema.

«Liverpul»: Alisson, Aleksander-Arnold, Fillips, Robertson, Kabak (Firmino, 81), Mane, Veynaldum, Diogu Jota (Shakiri, 81), Fabino, Saloh, Keyta (Tiago Alkantara, 42).

Ogohlantirishlar: Mane (39), Vaskes (49), Tiago Alkantara (56), Aleksander-Arnold (83).

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Borussiya D»ni qabul qildi va so‘nggi daqiqada kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.

«Manchester Siti» Angliya – «Borussiya D» Germaniya 2:1

Gol: 1:0 – 19 de Bryuyne, 1:1 – 84 Roys, 2:1 – 90 Foden.

«Manchester Siti»: Ederson, Joau Kanselu, Ruben Diash, Uoker, Stounz, de Bryuyne, Gundo‘g‘on, Bernardu Silva (Gabriel Jezus, 59), Rodri, Mahrez, Foden.

«Borussiya D» – Hits, Morey, Akanji, Hummels, Gerreyru, Bellinhem, Jan, Knauff (Reyna, 63), Daud (Dileyni, 81), Roys, Holand.

Ogohlantirishlar: Jan (30), Bellinghem (37).

Har ikkala juftlikning javob bahslari 14 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring