Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa Chempionlar ligasi, chorak final: «Leypsig» o‘z tarixida birinchi marta Chempionlar ligasi yarimfinaliga chiqdi

Yevropa Chempionlar ligasi, chorak final: «Leypsig» o‘z tarixida birinchi marta Chempionlar ligasi yarimfinaliga chiqdi

Foto: «UA-Football»

Yevropa Chempionlar ligasi chorak final bosqichining (pley-off) kechagi to‘qnashuvida «Leypsig» (Germaniya) «Atletiko» (Ispaniya)ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Ikkinchi taym boshlarida Marsel Zabitserning uzatmasini boshi bilan raqib darvozasi uzoq burchagiga joylab qo‘ygan Daniel Olmo «qizil buqalar»ni oldinga olib chiqdi.

Zahiradan maydonga tushgan Joau Felish 71-daqiqada o‘zi ishlagan 11 metrlikni golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida Tayler Adams uzoqdan yo‘llagan kuchli zarba rikoshetga uchrab, Oblak darvozasi to‘ridan joy oldi.

Ushbu g‘alaba keltirgan gol bilan «Leypsig» o‘z tarixida birinchi marta Chempionlar ligasi yarimfinaliga chiqdi.

Turnirning keyingi bosqichida, 18-avgust kuni Lissabonda «Leypsig» va «PSJ» qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu o‘yinning yana bir ahamiyatli tomoni nemis murabbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvdir: Simeone imtihonidan o‘tgan yosh Nagelsmanni bu bosqichda Tuxel kutmoqda.

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final, pley-off

«Leypsig» (Germaniya) — «Atletiko» (Ispaniya) — 2:1

Gollar: Olmo (51), Adams (88) — Felish (71 — penalti).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring