Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX «Hududgaz Toshkent» yetakchi muhandisini ushladi

DXX «Hududgaz Toshkent» yetakchi muhandisini ushladi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filialining «O‘rtachirchiqtumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi yetakchi muhandisi M.O. mahalliy MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida belgilangan me’yordan ortiq kompressor jihozlari o‘rnatilganligi uchun jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablag‘ini «Hududgaz Toshkent» gaz taminoti filialining yetakchi muhandisi B.M. ko‘rsatmasiga asosan olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring