Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning mashhur blogerlari O‘zbekistonga keldi

Dunyoning mashhur blogerlari O‘zbekistonga keldi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Toshkent shahrida «World Influencers Congress» (WIC) I Xalqaro influenserlar kongressiga start berildi. Unda dunyoning 100 ga yaqin eng sara fikrlar yetakchilari, influenserlari, blogerlari, nufuzli shaxslari, media-personalari va internetdagi boshqa taniqli kishilar ishtirok etmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kongressda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bugungi kunda O‘zbekistonda mamlakat imiji hamda turistik bozor uchun muhim ahamiyat kasb etgan voqealarga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

WIC – bu dunyoning yetakchi blogerlari, raqamli fikrlar yetakchilari, ijtimoiy tarmoqlar uchun kontentlar yaratuvchilar va trendsetterlarga mo‘ljallangan platforma. Kongressga tashrif buyurgan har bir influenserning obunachilari 1-15 million kishini tashkil qiladi. Tadbirda dunyoning 40 ga yaqin davlatidan 100 dan ziyod influenserlar qatnashmoqda.

WIC tadbirida ishtirok etayotgan influenserlarning «Instagram», «Facebook»  ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek «Youtube» videoxostingidagi obunachilarining umumiy soni 150 millionni tashkil qiladi. Bu influenserlarning platformalariga joylashtiruvchi materiallarining ko‘zdan kechirilishi 10 milliard martadan ortadi degani. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva mazkur kongressning o‘tkazilishi mamlakat brendi tanishilishiga xizmat qilishini qayd etdi.

«Bugungi kunda ijtimoiy media, ijtimoiy tarmoqlar marketing yo‘nalishidagi innovatsion o‘zgarishlarga yorqin misol bo‘la oladi. Hozirga kelib global tarmoq va jahonning zamonaviy sayohat tendensiyalari barchani qamrab olgan. Mazkur kongress global tarmoq hamda ijtimoiy medianing O‘zbekistonda kuchli kommunikatsiya shakliga aylanib borayotganini tasdiqlaydi», — deydi u. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Xalqaro kongress doirasida yangi «B2I» (Business2Influencer) formatidagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Tadbirning rasmiy qismi tugashi bilan influenserlar Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga sayohatga borib, o‘z yo‘nalishida ajoyib kontentlar tayyorlashadi hamda o‘zlariining resurslariga, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring