Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning eng boy insonlaridan biri koronavirusga chalindi

Dunyoning eng boy insonlaridan biri koronavirusga chalindi

Foto: «El CEO»

Meksikalik milliarder Karlos Slim koronavirusga chalindi. Slim shifoxonaga yotqizilgani haqida uning vakili va kuyovi, tadbirkor Arturo Elias ma’lum qildi, deyiladi «Reuters» xabarida.

Aytilishicha, Slim o‘zini «juda yaxshi» his qilyapti, uning salomatligi doimiy nazoratda bo‘lishi uchun kasalxonaga joylashtirilgan.

Bugun, 28-yanvar kuni Karlos Slim 81 yoshini qarshilaydi. Asli kasbi muhandis, ayni paytda Meksikaning eng boy kishisi sanaladi. «Forbes»ning eng boy kishilar reytingida esa dunyoda 21-o‘rinda. Nashr Slimning davlatini 58,7 mlrd. dollarga baholagan.

Karlos Slim — Meksikaning eng yirik «Telmex» va «América Móvil» telekommunikatsiya kompaniyalari, qolaversa, restoranlar va univermaglar tarmoqlari sohibi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring