Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoda qurollanish poygasi avjiga chiqmoqda

Dunyoda qurollanish poygasi avjiga chiqmoqda

Foto: «Ca-news.org»

«Forecast International» tadqiqotlar kompaniyasi oxirgi besh yilda dunyo davlatlari harbiy xarajatlari 13 foizga oshib, 1600 milliard dollarga yetganini aniqladi. Yaqin uch yilda ushbu raqamlar yana 10 foizga ko‘payishi kutilmoqda.

Qurol nega kerak?

Qurol ishlab chiqarishga Shimoliy Amerika, Osiyo va Yevropa mamlakatlari eng ko‘p pul sarflagan, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari esa, aksincha, mudofaa qo‘rg‘onlarini mustahkamlash bilan ovora.

Harbiy xarajatlar karvonboshisi — AQSh. Dunyoning eng qudratli bu davlati yiliga harbiy maqsadlar uchun 690 mlrd. dollar, ya’ni Shveysariyaning yillik yalpi ichki mahsuloti miqdoriga teng mablag‘ sarflamoqda. Keyin Xitoy, undan so‘ng Saudiya Arabistoni. Rossiya bu «poygada» 8-o‘rinda.

Davlatlarning harbiy dasturlari gipertovushli qurollar, robototexnika yaratishga qaratilgan. Zamonaviy qurollarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish tobora qimmatlashib ketyapti. Yer kurrasida tanglik o‘sib borishi ortidan tobora yangi qurollarga talab oshmoqda. Ehtimoliy bosqinlardan ihotalanish maqsadida davlatlar imkon qadar ko‘proq qurol-yarog‘ sotib olmoqda.

Janubi-Sharqiy Osiyo faqat chetdan qaraganda tinch. Xitoy hududiy da’volarini boshlaganidan keyin mintaqa davlatlari xavfsizlik choralarini kuchaytirish payiga tushib qolishdi. Katta-katta partiyalarda aviatsiya, harbiy-dengiz texnikasi, raketalar sotib olinmoqda. Buncha qurol-aslaha bir joyda jam bo‘lishining o‘ziyoq istalgan payt urush olovini yoqish uchun yetarli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring