Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DTM imtihonlarning yakuniy natijalarini e’lon qildi

DTM imtihonlarning yakuniy natijalarini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda DTM xabar berdi. 

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1. my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2. mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3. SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4. Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

5 QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6. Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring