Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublika ba’zi joylarida tuman tushadi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. Bugun kunning ikkinchi yarmida havo harorat 10-15° gacha, shanba va yakshanba kunlari 15-18° gacha iliq bo‘ladi. Harorat kechasi 2-7° iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Poytaxtimizda dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 2 dekabrda kechasi va ertalab tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 5-7° iliq, 2-3 dekabrda kunduzi 15-17° iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring