Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda sodir bo‘lgan yirik YHT oqibatida 10 kishi shifoxonaga olib ketildi

Chilonzorda sodir bo‘lgan yirik YHT oqibatida 10 kishi shifoxonaga olib ketildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Bugun, 25-dekabr kuni soat 17:00 atrofida Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida to‘rtta avtomobil – GAZ 3302, Damas, Lasetti va VAZ 2106 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hozirda barcha haydovchilarning shaxsi aniqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Baxsiz hodisa natijasida VAZ 2106 haydovchisi va uning to‘rt nafar yo‘lovchisi, Lasetti haydovchisi va uning uch nafar yo‘lovchisi, shuningdek, Damas yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari olishdi va shifoxonaga yetkazildi.

YTH sodir bo‘lishining dastlabki sababi: «Lasetti» haydovchisi 20 yoshli T.Muhammadali Bunyodkor – Baynalminal ko‘chasi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan holda beton to‘siqni oshib o‘tib, qarama-qarshi yo‘lga o‘tib ketgan va uchta mashina bilan to‘qnashgan. Tergovoldi harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring