Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet elga yuboraman deb fuqarolarni chuv tushirgan firibgarlar ushlandi

Chet elga yuboraman deb fuqarolarni chuv tushirgan firibgarlar ushlandi

Illyustrativ surat

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalarning pulini qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar I. va N.lar 2012-2013-yillarda fuqarolar R.U va E.S.larni aldab, Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan jami 10 500 AQSh dollarini olib, shundan 2 100 AQSh dollarini qaytarib, qolgan 8 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlarning shaxsiy ehtiyojlariga ishlatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar I. va N.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring