Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Charos Qayumova Fransiya ochiq chempionati g‘olibi bo‘ldi

Charos Qayumova Fransiya ochiq chempionati g‘olibi bo‘ldi

Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Fransiyaning Parij shahridagi «French Open» turnirida ishtirok etishmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, -53 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Charos Qayumova musobaqa davomida ikki nafar fransiyalik, yana ikki nafar turkiyalik sportchilarni mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda esa italiyalik raqibidan ustun keldi va oltin medal egasiga aylandi.

Ushbu musobaqa taekvondochilarga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. Turnir davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring