Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senzura OAVning erkinligini buzish deb topilishi mumkin

Senzura OAVning erkinligini buzish deb topilishi mumkin

Ommaviy axborot vositasi erkinligini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.

Yangi tahrirdagi qonunning 50-moddasiga ko‘ra, quyidagilar OAVning erkinligini buzish deb topilishi mumkin:

  • fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslari, jamoat birlashmalari tomonidan ta’sischilar, tahririyatlar, ommaviy axborot vositalari noshirlari va tarqatuvchilarining, shuningdek jurnalistlarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish;
  • senzura;
  • tahririyat faoliyatiga noqonuniy aralashish va uning ixtisoslashuv erkinligining buzilishi;
  • ommaviy axborot vositalarining noqonuniy tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi;
  • tahririyatning ma’lumot so‘rash va olish huquqi buzilishi;
  • bosma nashrni chop etishning noqonuniy to‘xtatilishi, uning bir qismi yoki to‘liq adadining yo‘q qilinishi;
  • qonuniy asosda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositasi mahsulotining tarqatilishiga to‘siq qo‘yish, davriy nashrlar bosma nashrlarning chakana savdosiga noqonuniy cheklovlar qo‘yish;
  • jurnalistni axborotni tarqatish yoki uni tarqatishni rad etishga majbur qilish;
  • jurnalist bilan muloqot qilish va unga axborot taqdim etishga asossiz chegara qo‘yilishi, tijorat yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan, davlat siri tarkibiga kiruvchi ma’lumotlar bundan mustasno;

Mazkur belgilangan jurnalist huquqlarining buzilishi tegishli qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy, ma’muriy, intizomiy yoki boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring