Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorolik abituriyent test sinovida 100 foizlik natijani qayd etdi

Buxorolik abituriyent test sinovida 100 foizlik natijani qayd etdi

1 avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutiga kirish uchun imtihon topshirgan abituriyent 90 ta test savolining bariga to‘g‘ri javob berdi.

Abituriyent biologiya fanidan (birinchi blok) 30 ta, kimyo fanidan (ikkinchi blok) 30 ta hamda ona tili va adabiyot fanlaridan (uchinchi blok) 30 ta savolning barchasiga to‘g‘ri javob berib, ijodiy imtihon va harbiy imtiyozsiz qayd etish mumkin bo‘lgan maksimal ball — 189 ballni qo‘lga kiritgan.

Ushbu natijani qayd etgan abituriyent 1999 yil G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan Axmadov Jahongir Akmal o‘g‘li mana shu institut tasarrufidagi akademik litsey bitiruvchisi sanaladi. Aytilishicha, u litseyda ham a’lo baholarda o‘qigan. Yangi tartibdagi imtihonda hozircha biror abituriyent bunday natijaga erishgani haqida ma’lumot e’lon qilinmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring