Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxorodan 7 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bemor Janubiy Koreyaga davolanish uchun jo‘natildi

Buxorodan 7 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bemor Janubiy Koreyaga davolanish uchun jo‘natildi

Foto: xabar.uz

– Bolam, yig‘lama, hali ko‘rasan, men tuzalib qaytaman, – deya 10 yashar qizalog‘ini o‘pib xayrlashayotgan bemor onaning so‘zlari hammani o‘ziga qaratdi.

Buxoroda xorijiy davlatlarning turli tibbiyot muassasalari va klinikalari bilan hamkorlik loyihalari ishlab chiqilgan. Janubiy Koreyaning  «Himchan» klinikasi bilan yo‘lga qo‘yilgan ana shunday hamkorlik doirasida kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish nazarda tutilgan.

Foto: xabar.uz

Shunga ko‘ra, joriy yilning 30 iyun kuni Buxoro viloyatidan 7 nafar kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlar davolanish uchun Janubiy Koreya davlatiga jo‘nab ketgan. 2 iyul kuni esa ularga endoprotez quyish jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan va «Himchan» klinikasidan Buxoroga barcha bemorning ahvoli yaxshiligi to‘g‘risida xabar yuborilgan.

Buxoro shahrida Janubiy Koreyaning «Korea medical fund Sangwon Clinik Himchan» shifoxonasi barpo etildi. Unda suyak va bo‘g‘im xastaligi bilan og‘rigan ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlar operatsiya qilinadi. Buxoroda davolash imkoni bo‘lmagan bemorlar esa jarrohlik amaliyotini Janubiy Koreyada o‘tkazishadi. Viloyat hokimligi sog‘likni saqlash boshqarmasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi tomonidan tavsiya etilgan yetti nafar bemor Janubiy Koreyaga davolanish uchun jo‘natildi. E’tiborlisi, «Himchan» klinikasi tomonidan bemorlar bepul davolanadi. Bemorlarning borib-kelishi uchun 43 mln. 610 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ esa Buxoro viloyati hokimligi tomonidan oldindan to‘lab berilgan, – dedi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Elyor Oltiyev.

Ma’lumot o‘rnida: Janubiy Koreyada «Himchan» klinikasining 8 ta kasalxonasi mavjud. Buxoro shahridagi shifoxonani barpo etish uchun xorijiy investorlar tomonidan 6 milloion AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritilgan.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring