Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi oliygohga rahbar tayinlandi

Buxorodagi oliygohga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 29-iyundagi buyrug‘i bilan Mirzoxid Islomovich Daminov Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

M.Daminov 1996-yilda Buxoro davlat universitetini hamda 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Pedagogika fanlari nomzodi.

Shu kunga qadar Buxoro davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring