Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro bolalar stomatologiya poliklinikasi: Xonada turib, bemor yoki tibbiyot xodimi bilan muloqot qilish imkoni bor (video)

Buxoro bolalar stomatologiya poliklinikasi: Xonada turib, bemor yoki tibbiyot xodimi bilan muloqot qilish imkoni bor (video)

Buxoro viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi bir kunda 350 nafar bemor qabul qilish quvvatiga ega.

Poliklinikada 1-bolalar davolash bo‘limi, 2-bolalar davolash bo‘limi, 1-va 2-profilaktika bo‘limlari, shuningdek, yoshi kattalar uchun pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘limlari mavjud. 70 dan ortiq davolash xonalariga ega ikki qavatli poliklinikada fizioterapiya xonasi, zararsizlantirish xonasi, tish texnikalari xonasi, jarrohlik xonasi, terapiya, paradontologiya, ortopediya, endodontiya va hokazo xonalar bor. 

– Poliklinika va uning bo‘limlarida bolalar salomatligi yo‘lida jami 220 nafar tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatadi, – deydi biz bilan suhbatda poliklinika bosh shifokori Elbek Vohidov. – Ulardan 25 nafar shifokor Buxoro shahridagi 25 ta o‘rta umumta’lim maktablarida bolalar o‘rtasida tish kasalliklarini oldini olish maqsadida profiliktika ishlari bilan shug‘ullanishadi. Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 11 ta oilaviy poliklinikalarida ham xuddi shunday 25 nafar stomatolog shifokor xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Viloyatdagi yagona tashkiliy uslubi markaz sanalgan ushbu poliklinikaga tunu kun navbatchilik tashkil qilingan. Shu bois ham bu yerga nafaqat, viloyatning turli tuman, shaharlaridan, balki Navoiy, Qashqadaryo viloyatlaridan ham bemorlar kelib, o‘z dardlariga shifo topib ketishayapti.

Elbek Vohidovning so‘ziga ko‘ra, Janubiy Koreya va Xitoy davlatlarida ishlab chiqarilgan 15 dan ortiq tibbiy uskunalar keltirilgan.

«Barcha davolash choralari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya holatlariga moslashtirildi. 35 nafar bolalar tish shifokori Samarqand davlat tibbiyot institutining Diplomdan keyingi ta’lim fakultetida mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olishib, ixtisoslashtirish kurslarni o‘tashdi. Va bu bilan malakali tibbiy sifat xizmatlari ko‘rsatishga erishildi», – so‘zida davom etdi Elbek Vohidov. 

Bildirilishicha, ilgari ham poliklinikada kuzatuv-kamera moslamasi bo‘lgan. Bugungi kunga kelib esa ushbu kuzatuv moslamasi integratsiya uslubida yangilangan. Bu orqali poliklinikada mavjud 70 ga yaqin xonada bemorlarga xizmat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining ish jarayoni bevosita kuzatib boriladi.

Bu bevosita bemorga ko‘rsatilayotgan malakali xizmat nazoratini to‘liq tashkil qilishda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayrim tushunmovchilik holatlarini bartaraf etishda, shifokorlar xavfsizligi va bemorlar huquqlarini himoyalashda asqotadi.

«Xonada turib, bemor yoki tibbiyot xodimi bilan muloqot qilish imkoni yaratildi. Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuvimizcha, joylarda tibbiyot xodimlariga tajovuz sodir etilayotgani yoxud tibbiyot xodimlari tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotgani holatlari yuzaga kelmoqda. Demak, bu videomoslama bevosita ziddiyatli holatlarni adolatli bartaraf etishda ko‘makdosh vazifasini o‘taydi. Asosiysi, har bir tibbiyot xodimi o‘z xizmati davomida ichki tartib-qoidalariga, odob-axloq me’yorlariga to‘la amal qilish lozimligini teranroq anglaydi», – dedi bosh shifokor.

Reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring