Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun mamlakatimizda qariyb 300 ta koronavirus holati qayd etildi

Bugun mamlakatimizda qariyb 300 ta koronavirus holati qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, shu yilning 2-iyul kuni mamlakatimizda 297 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 183 nafari Karantin muassasalarida, 113 nafari aholi orasida (shundan 67 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Jizzax viloyatida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 2 nafardan Sirdaryo viloyatida), 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun yurtimiz tibbiyot muassasalarida 187 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 130 nafar, Qashqadaryo viloyatida 45 nafar, Navoiy viloyatida 12 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9078 nafar bemordan 6034 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3017 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 39 076 nafar, statsionar karantinda esa 24 722 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring