Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun «A’LO TAKSI» mikroavtobuslari Toshkentdan Jizzaxga qaytayotgan talabalarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Bugun «A’LO TAKSI» mikroavtobuslari Toshkentdan Jizzaxga qaytayotgan talabalarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Yurtimizda koronavirusga qarshi turish maqsadida talabalarga muddatidan avval ta’til berilgan edi. Shundan so‘ng viloyatlarga qatnovchi taksi narxlari keskin ko‘tarilib ketdi.

Shu sababli Jizzax viloyatiga qaytayotgan talabalarni «A’LO TAKSI» mikroavtobuslari tekin olib ketishi haqida xabar berildi.

«Shu kunlarda uyiga qaytish niyatida bo‘lgan, ammo ayrim insofsiz taksichilar yo‘lkira narxini asossiz oshirib yuborgani sabab qiynalgan jizzaxlik talabalar uchun muhim yangilik.

2020 yilning 18 mart kuni Toshkentdan Jizzax tomon yo‘nalishda «A’LO TAKSI»ga tegishli bo‘lgan barcha mikroavtobuslar talabalarga BEPUL xizmat ko‘rsatadi», — deyiladi «Jizzax yoshlari» kanali xabarida.

Murojaat uchun «A’lo prestij servis» MChJ ma’muriyati telefon raqami: +998722222222.

Eslatib o‘tamiz, bugun Qashqadaryoga qaytayotgan talabalarni olib ketish uchun 100 ga yaqin yengil mashina, 20 avtobus va 4 mikroavtobus yo‘lga chiqishi haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring