Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu shaharga bormang! Ko‘chada qolasiz...

Bu shaharga bormang! Ko‘chada qolasiz...

Foto: «Flickr»

Shotlandiya poytaxti Edinburgda Yevropaning boshqa shaharlariga qaraganda mehmonxonalardan bo‘sh xona topish qiyin ekan. Edinburgda mehmonxonalarning «bronlik» darajasi o‘rtacha 84 foizni tashkil etadi. Bu haqda «Yevro Puls» xabar berdi.

Mehmonxonalarning bandlik darajasi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Praga, London, Dublin va Amsterdam joylashgan. Bu shaharlardagi mehmonxonalarning 80 foiz xonalari doim band bo‘ladi.

Yuqoridagi holat sayyohlar oqimining ko‘pligi bilan izohlanadi. Sayyohlar ko‘payib ketaverganidan xavotirlangan ayrim shaharlar ma’muriyatlari hatto mehmonxonalar qurish va uylarni ijaraga berishni cheklash choralarini ko‘rishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring