Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bu hali boshlanishi»: Putinni hibsga olish bo‘yicha orderga izoh berildi

«Bu hali boshlanishi»: Putinni hibsga olish bo‘yicha orderga izoh berildi

Foto: 5 kanal.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakning aytishicha, Gaaga Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish haqidagi orderi «faqat boshlanishi».

Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilgan.

«Xalqaro jinoiy sudning Gaagadagi palatasi Putinni hibsga olishga order berdi. Bu hali boshlanishi», — deyiladi bayonotda.

Yermak o‘z izohi bilan Ukraina tomoni bundanda keskin qarorlarni kutayotganiga urg‘u bergan. 

Eslatib o‘tamiz, Gaagada joylashgan Xalqaro jinoiy sudi (XJK) Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsman Mariya Lvova Belovoni hibsga olishga order bergandi. 

Ushbu order Rossiya qo‘shinlarining 2022 yil 24 fevraldan Ukrainaga bostirib kirishi va uning oqibatida Ukrainadan bolalarning Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilinishi bilan bog‘liq. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring