Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniya tashqi ishlar vaziri Isroilga keldi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Isroilga keldi

BBC

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Yaqin Sharq safarida Isroil va Falastin rahbarlari bilan uchrashadi.

Sky News nashrining yozishicha, uchrashuvlar 23-noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kemeron bugun ertalab Isroilga yetib kelgan va Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koyen bilan birgalikda G‘azo sektoriga yaqin hududda joylashgan, 7-oktyabr kuni HAMAS hujum qilgan Beeri kibutsiga borgan.

Kemeron muzokarachilarni garovga olinganlarni ozod qilishga va buni amalga oshirish uchun harbiy harakatlarni vaqtincha to‘xtatishga chaqirdi.

«Bugun biz ushbu gumanitar otashkesimni ko‘rishga umid qilayotgan kun. Bu garovga olinganlarni ozod qilish va yordam yetkazib berish uchun imkoniyatdir», – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Kemeron bir kun avval, 22-noyabr kuni Londonda musulmon davlatlari, jumladan, Misr, Indoneziya, Iordaniya, Nigeriya, Falastin, Saudiya Arabistoni va Turkiya tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Arab Ligasi bosh kotibi va Qatar elchisi bilan uchrashgan edi.

London uchrashuvi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish mavzusi ham muhokama qilingan.

Shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari va xalqaro hamjamiyat tomonidan bu borada samarali va tezkor qadamlar qabul qilinishi zarurligi ta’kidlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring