Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Boylar ham yig‘laydi» seriali qahramoni aktyorlik faoliyatiga nuqta qo‘ydi

«Boylar ham yig‘laydi» seriali qahramoni aktyorlik faoliyatiga nuqta qo‘ydi

Foto: «Qq.ru.net»

Meksika seriallaridagi rollari orqali dunyoga tanilgan Veronika Kastro aktyorlik faoliyatini tugatishga qaror qildi. Ayniqsa, «Boylar ham yig‘laydi» (1979 y.) va «Yovvoyi atirgul» (1987 y.) seriallari orqali bizning muxlislarga ham yaxshi tanish.

Aktrisa o‘z muxlislari, yaqinlari va hamkasblariga hamkorlik hamda doim qo‘llab turganlari uchun minnatdorlik bildirdi. 66 yoshli aktrisa kinodan ketayotganini uzoq yillik faoliyatdan so‘ng nihoya dam olishga qaror qilgani bilan izohladi.

«Men o‘zim uchun eng suyukli narsa bilan xayrlashyapman. Unga 53 yil umrimni va mehrimni berdim, hammasi uchun rahmat!»,deb yozdi Kastro «Instagram»dagi sahifasida.

Ammo, shu bilan birga, Kastro o‘ziga nisbatan ko‘p yillardan beri davom etayotgan «agressiya va kinoya»lardan to‘yib ketganini ham ta’kidlagan. Va oxiri u kinodan chekinishga qaror qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring