Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boliviyaning muvaqqat prezidenti koronavirusdan tuzaldi

Boliviyaning muvaqqat prezidenti koronavirusdan tuzaldi

Foto: «Iz.ru»

Vaqtincha Boliviyaga prezidentlik qilayotgan Janin Anes koronavirusdan tuzalganini ma’lum qildi.

«Kasallik paytida meni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorman. Meni shifoxonadan chiqarishdi. Endi odatdagi ishimga qaytaman», — deb yozgan u «Twitter»da.

9-iyul kuni Janin Anes koronavirusni yuqtirib olgani to‘g‘risida xabar bergandik.

O‘shanda Boliviya muvaqqat prezidentining SOVID-19ga test natijalari musbat chiqqandi. Anes o‘zini yaxshi his qilgan va izolyasiyada bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring