Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boliviya prezidenti o‘rmonda adashib qoldi

Boliviya prezidenti o‘rmonda adashib qoldi

Evo Morales.

Foto: «Clarin»

Boliviya prezidenti Evo Morales o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda ishtirok etayotgan mahal yordamchilari bilan birga yo‘qolib qoldi. Bu haqda Moralesning o‘zi 29-avgust kuni jurnalistlarga ma’lum qilgan, deb yozmoqda «Kronen Zeitung».

«O‘tgan kecha biz kichik bir sarguzashtni boshimizdan o‘tkazdik, — deydi prezident jilmayib. — O‘ziyam naq bir soat sandiroqlab yurdik. Harbiylar yordami bilangina ortga qaytadigan yo‘lni topishga muvaffaq bo‘ldik».

«Uno» kanali bu qiziqarli videoyozuvni chop etdi: unda Evo Moralesning tungi o‘rmonda Kabalo-Muerto qishlog‘i atrofida bir necha marta «Qayerdasizlar?» deb baqirgani yozilgan.

«REGNUM» AAning ma’lum qilishicha, prezident Morales Boliviya sharqida o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda shaxsan ishtirok etgan. Hukumat bir nechta fotosuratlarni keltirgan: unda davlat rahbarining maxsus kiyimda yong‘in o‘chiruvchilarga yordam berayotgani aks etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring