Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolani bog‘chaga onlayn qabul qilishdagi nosozliklar aniqlandi

Bolani bog‘chaga onlayn qabul qilishdagi nosozliklar aniqlandi

Maktabgacha ta’lim vazirligi bolalarni davlat bog‘chalariga qabul qilish mexanizmida yuz bergan nosozlik uchun uzr so‘ragan.

Ayni paytda ushbu nosozlikni bartaraf etish bilan Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin boshchiligidagi ishchi guruhi shug‘ullanmoqda. Mazkur ishlar UZINFOCOM hamda Davlat xizmatlari markazlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

"2019-yilnig 30-iyul kuni biz tizimni sinov tarzida ishga tushirdik va u keng qamrovli qayta ishlash harakatlarini amalga oshirish kerakligini ko‘rsatdi. Ruxsatingiz bilan bu holat qanday yuz bergani va muammo sabablarini bartaraf etish borasida olib boriladigan ishlar bo‘yicha sizlarga ma’lumot bersak", deyiladi vazirlik axborotida.

Birinchi muammo. Ota-onalar tomonidan noto‘g‘ri to‘ldirilgan arizalar.

Noto‘g‘ri to‘ldirilgan arizalar sababli ma’lumotlar bazasi o‘zining ishonchliligini yo‘qotdi. 1,5 mln.ta arizadan qariyb 100 mingtasi qo‘pol xatoliklar bilan to‘ldirilgan.

Masalan:

Ota-ona elektron arizani yuborishni to‘lovlarni qabul qilish punkti yoki Internet-kafe xodimlaridan iltimos qildi. Jarayonni tezlashtirish maqsadida xodim tug‘ilganlik haqida guvohnoma raqamlari o‘rniga shunchaki nollarni (0), probel (joy qoldirish) yoki ixtiyoriy raqamlarni kiritdi. Shunday qilib, EMIS tizimida har xil ismli lekin tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma raqamlari bir xil bo‘lgan (nollar (0), probel (joy qoldirish) yoki ixtiyoriy raqamlar) bolalar paydo bo‘ldi va oqibatda bolalarning biri yo‘nalish olayotgan paytida tizim ishdan chiqdi.

MTVning harakati:

Noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan navbatga qo‘yilgan bolalar o‘z joyini yo‘qotmasligi uchun biz 2018-yilning 1-aprelidan boshlab kelib tushgan barcha arizalarni qayta yuklayapmiz va xatolar taxrir qilinmoqda. Yangi algoritmlar, tug‘ilganlik haqida guvohnomaning noyob raqamlarini kiritishni talab qiladi va ularga asosan avtomatik tarzda bolaning ismi va boshqa ma’lumotlarni to‘ldiradi.

Ikkinchi muammo. To‘liq ma’lumotlar bazasini yuklash sun’iy ravishda navbatni uzaytirib yubordi.

Hozirgi paytda eski, qondirilgan arizalar mavjudligi navbatni sun’iy ravishda uzaytirib yuborayapti. Mazkur muammo vaqtinchalik xarakterga ega.

Masalan:

Siz navbatda 10-o‘rinda edingiz lekin tizim 16-o‘rinni ko‘rsatayapti. Aslida sizning navbatingizdan oldin payda bo‘lib qolgan 5 ta ariza o‘z dolzarbligini yo‘qotib bo‘lgan, ya’ni ular asosida yo‘llanmalar olib bo‘lingan va bolalar allaqachon MTTga qatnayapti.

MTVning harakati:

Maktabgacha ta’lim mutaxassislari jadvalga asosan MTTlarni aylanib, navbatdan yo‘llanmalar berib bo‘lingan arizalarni o‘chiradi. Shu yo‘l bilan siz yo‘llanmani o‘z vaqtida olasiz.

Uchinchi muammo. Ma’lumotlar bazasida eski arizlarning mavjud emasligi.

Masalan:

2016-yilda ota-ona ariza topshirdi va uni qog‘oz shaklida Tuman xalq ta’limi reyestrida ro‘yhatdan o‘tkazdi. Qog‘oz shaklidagi arizalarda kerakli ma’lumotning yo‘qligi (misol uchun, guvohnoma raqami) sabab, ushbu arizalarni EMIS tizimiga avtomatik tazda kiritishning imkoni yo‘q.

MTVning harakati:

Vazirlik mutaxassislari qog‘oz shaklidagi reyestrlar bo‘yicha ko‘rib chiqilmagan arizalardan tashkil topgan ma’lumotlar bazasini yaratadilar va ushbu arizalar bo‘yicha bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘z vaqtida qabul qilinishlari uchun yangi algoritmni ishlab chiqadilar.

Ammo o‘rnatilgan tartib, qog‘ozli reyestrni hisobga olmagan holda elektron navbat tartibini o‘zgartirishni ta’qiqlaganligi uchun, bu ish qonunchilikka o‘zgartirish kiritilishi kerakligini talab qiladi. Ishchi guruhi qisqa muddatlarda qonunchilikka kiritilishi lozim bo‘lgan qo‘shimchalarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

To‘rtinchi muammo. Imtiyozli toifadagi fuqarolar bo‘yicha ma’lumotlar bazasining mavjud emasligi.

Masalan:

Maktabgacha ta’lim tashkilotida tezroq joy olish uchun siz arizani imtiyozli navbatga topshirdingiz, lekin tekshirishlar siz bunday imtiyozga ega emasligingizni ko‘rsatdi.

MTVning harakati:

Sizning arizangiz imtiyozli navbatdan asosiysiga yo‘naltirilayapti. Bunday holatda navbatdagi o‘rningiz ariza to‘ldirilgan vaqtga asosan belgilanadi. Agar siz arizani 5-may kuni to‘ldirgan bo‘lsangiz, ushbu ariza navbatda 4-may kuni to‘ldirilgan arizalardan keyin, lekin 6-may kuni to‘ldirilgan arizalardan oldin shakllantiriladi.

Shuningdek, ota-onalarning murojaatlariga ko‘ra imtiyozli toifalar qayta ko‘rib chiqiladi, qonunchilikka kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgartirishlar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Aytilishicha, yo‘llanmalar avtomatik tarzda beriladigan bo‘lgan va noto‘g‘ri to‘ldirilgan arizalar tozalanganidan so‘ng navbatda 1-o‘rinda turgan arizalar yopilishni boshlaydi. 15-kunlik muddat tugaganidan so‘ng, ishlatilmagan yo‘llanmalar bekor qilinadi va uning joyi keyingi o‘rinda turgan arizaga beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring