Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bolalar va o‘smirlar uchun xavfli» — LOR

«Bolalar va o‘smirlar uchun xavfli» — LOR

Foto: «Ichip.ru»

Elektron quloqchin (naushnik)lardan foydalanish salomatlik uchun zararli. Ayniqsa, bolalar va o‘smirlar uchun xavfi yuqori. Otolaringolog-vrach Katerina Zolotaryova «Rosbalt» bilan suhbatda bugungi kunda foydalanish keng urfga kirgan naushniklarni ishlatishda ehtiyotkorlikka chaqirdi.

Ekspertning so‘zlariga qaraganda, baland ovoz va vibratsiya o‘rta quloq va bosh chanog‘i suyagini ayovsiz nog‘oralashi eshitish nervida tiklab bo‘lmas asoratlar qoldiradi. Naushniklar oxir-oqibat eshitish qobiliyatining yo‘qolishigacha olib kelishi mumkinki, buni davolash imkonsiz.

«Bakteriya va zamburug‘larni ham unutmang. Naushniklar tashqi eshitish yo‘laklari devorlariga lat yetkazishi oqibatida bu illatlar ham paydo bo‘ladi», — ta’kidladi shifokor.

Zolotaryovaning kuzatuvlariga ko‘ra, o‘smirlar va katta yoshlilar naushniklarini dezinfeksiyalashga deyarli e’tibor berishmaydi. Vaholanki, oxirgi paytlarda davolash qiyin zamburug‘li otitlar ko‘payib ketgan.

Hech qachon naushnikni boshqalar bilan alishib foydalanmang, aks holda quloqlaringizga begona mikroflora tushishi mumkin, ogohlantirdi Zolotaryova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring