Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bochka»ning yo‘li nega tirband? Hokimlik javob berdi

«Bochka»ning yo‘li nega tirband? Hokimlik javob berdi

Oxirgi vaqtlarda Bo‘stonliq tumanida tirbandliklar yuzaga kelayotgan va bu holat dam olishga chiqish istagida bo‘lgan hamyurtlarimizga noqulayliklar keltirib chiqarayotgan edi. Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati bu borada ma’lumot berib o‘tdi.

Bo‘stonliq tumanida turizm industriyasini jadal rivojlantirish, tumanga kelayotgan transport vositalarini tirbandliklarni oldini olish, ularning harakatini tartibga solish, xavfsiz turizmni ta’minlash maqsadida ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois tirbandliklar yuzaga kelgan.

Jumladan, tuman hududidan o‘tgan 4R12 «Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 74 km.da joylashgan Xo‘jakent qishlog‘i umumiy ovqatlanish joylari (Bochka) oldida eski ko‘prikni zamonaviy yo‘l infratuzilmasiga aylantirish, kengaytirish, ta’mirlash hamda qo‘shimcha aylanma yo‘llar qurish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli dam olish kunlarida ushbu ta’mirlanayotgan ko‘prik oldida transport vositalarining tirbandliklari yuzaga kelmoqda.

Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi mahalliy aholi va Bo‘stonliq tumaniga dam olish uchun keluvchilardan ushbu ta’mirlanayotgan yo‘l qatnov qismidan o‘tishlarida «Yo‘l harakati qoidalari»ga rioya etishlarini va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarini hurmat qilishlarini so‘raydi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring