Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT yangi pandemiyadan ogohlantirdi

BMT yangi pandemiyadan ogohlantirdi

Foto: «Richwin.ru»

BMT ekspertlari ko‘pgina odamlar sog‘lom va foydali yegulikdan mahrum bo‘lgani bois global semizlik pandemiyasi kelib chiqishini taxmin qilishmoqda, deb yozadi «Bloomberg».

Bu o‘zgarishlar koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz bilan bog‘liq. BMT hisob-kitobiga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha uch milliard kishi avvalgi daromad manbaidan ayrilgani bois sog‘lom ovqatlanish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bu zararli yeguliklar, jumladan, fastfudni ko‘p iste’mol qilishga olib keladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, joriy yilning oxirida dunyoda 130 milliondan ortiq kishi ochlikka duchor bo‘lishi mumkin. Lekin shu bilan birga, rivojlangan davlatlarda semizlik jiddiy xavf soladi. Buni yangi pandemiya desa ham bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda dunyoda ortiqcha vazndan qiynalayotgan odamlar soni ochlikdan aziyat chekayotgan insonlarga qaraganda bir necha baravar ko‘p. Jumladan, Britaniya aholisining taxminan uchdan ikki qismi ortiqcha vazndan qiynalmoqda, mamlakatdagi har yettinchi o‘lim nosog‘lom ovqatlanish tufayli kelib chiqmoqda. Boz ustiga, ortiqcha vaznga ega kishilar diabet, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklarga moyil bo‘lishadi.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, agar hech qanday chora ko‘rilmasa, keyingi o‘n yillikda ortiqcha vazn va u keltirib chiqargan sog‘liq bilan bog‘liq muammolar tufayli butun dunyo sog‘liqni saqlash tizimiga har yili 1,3 trillion dollardan xarajat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring