Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: AKT vazirligi

Joriy yil 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari O.Pekos bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doimiy vakili Matilda Dimovska bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Onlayn muloqotda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Xususan, BMTTD tomonidan elektron hukumat va raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, «Raqamli Toshkent» loyihasini birgalikda samarali amalga oshirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Onlayn uchrashuv davomida elektron hukumatni rivojlantirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan marketing va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring