Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tabrik uchun noutbuk! «Feysbuk»da yurtdoshlarimizni bayram bilan tabriklang va g‘olib bo‘ling!

Tabrik uchun noutbuk! «Feysbuk»da yurtdoshlarimizni bayram bilan tabriklang va g‘olib bo‘ling!

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. O‘quvchilarimizga tushunarli bo‘lishi uchun tanlovning har bir yo‘nalishini alohida-alohida tushuntirishga qaror qildik.

Tanlov 5 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. Bitta yo‘nalish bo‘yicha faqat bir kishi g‘olib bo‘lishi mumkin. Har bir yo‘nalish g‘olibi noutbuk bilan taqdirlanadi.

Tanlovning 1-yo‘nalishi shartlari quyidagicha:

a) ishtirokchilar bayramga bag‘ishlab, original tabrik yozishlari (tabrik matniga #xabaruz, #QK26 heshteglarini qo‘shib ketishlari);

b) «Xabar.uz»ning «Facebook»dagi sahifasini yoqtirishlari («Nravitsya» tugmasini bosish), sahifaga obuna bo‘lishlari («Podpisatsya» tugmasini bosish) kerak.

«Xabar.uz»ning «Facebook»dagi sahifasida 14 -yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tabriklar uchun maxsus post tashkil etildi. Unga o‘tish uchun mana bu havolani bosing! 

Tanlov ishtirokchilari ushbu postni o‘z sahifalarida sheyr qilishlari va original tabriklarini izohga yozib qoldirishlari kerak.

G‘olib bitta bo‘ladi va u random (tasodifiy tanlash) usuli orqali aniqlanadi. 

Ishtirokchilar barcha shartlarni bajarishi lozim, aks holda ularning ishtiroki hisobga olinmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring