Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«LG» 16 kamerali smartfon chiqaradi

«LG» 16 kamerali smartfon chiqaradi

Foto: «PhoneArena»

Bitta smartfonga nechta kamera kerak? «Apple»ning nazarida bitta, nari borsa ikkita. Bu fikrga qo‘shilmagan «Samsung» kameralarni to‘rttagacha yetkazdi. Keyin «Nokia» besh kamerali smartfon chiqararkan degan mish-mishlar urchiganda ko‘pchilik buni hazilga yo‘ygandi. Endi hazil bilan chinni farqlab bo‘lmay qoldi — «LG» 16 ta kamerali smartfonga patent olganidan so‘ng. O‘n oltita kamera! Smartfon uchun? Yo‘g‘-ey?!

Patentda koreys kompaniyasining turli fokus masofali va xususiyatli 16 ob’yektivli qurilmasi tavsiflangangan. Buncha kamera juda ko‘p emasmi? Shundayku-ya, ammo tavsifnomada buncha kameralardan nima maqsadlarda foydalanish ham ko‘rsatilgan. Masalan, tugmasini bitta bosishda 16 ta kamera birvarakayiga suratga tushiradi. Eng yaxshisini o‘zingiz tanlab olaversiz — mana, gap qayerda.

Patentda keltirilishicha, har xil suratlarnining har xil joylarini birlashtirish, panorama qilish, «yuzlarni almashtirish», selfi olish mumkin ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring