Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir necha kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi

Bir necha kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi

O‘tgan yilning kuzida Nurota-Navbahor (Navoiy viloyati) yo‘lida sodir bo‘lgan avtohalokat eshitganlarni larzaga solgan edi.  Kuppa kunduzi, «HOWO» rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotgan S. Chuliyev qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Neksiya»ga borib uriladi.  Oqibatda hodisa joyining o‘zida «Neksiya» haydovchisi va yo‘lovchi vafot etadi. Yana bir yo‘lovchi esa kasalxonada jon beradi...

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergov ishlari yakunlanib, nihoyat, sud aybdor nisbatan hukmini e’lon qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha nurota tuman sudi raisi Z.Ibragimovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, sudlanuvchi S. Chuliyevga nisbatan,  8 (sakkiz) yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Shuningdek, unga 3 (uch) yil mobaynida transport vositalarini boshqarish ham ta’qiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring