Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh yashar bola dinozavr izlarini aniqladi

Besh yashar bola dinozavr izlarini aniqladi

Foto: «Daily Mail»

Xitoylik besh yoshli bola ota-onasi bilan qishloq bo‘ylab aylanib yurganida 130 million yil muqaddam Yer yuzida yashagan dinozavrlarning izlarini aniqladi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

1-oktyabr kuni Xitoyning Sichuan provinsiyasida istiqomat qiluvchi besh yoshli Yan Chjeruy (Yang Zherui) mahalliy aholi yerdagi ulkan tovuq panjalariga o‘xshash g‘alati izlarni muhokama qilishayotganini eshitib qoladi. Bola ota-onasidan uni izlar topilgan qishloqqa olib borishlarini so‘raydi.

U yerga yetib borgach bolakay izlarga diqqat bilan razm solgach, ota-onasiga izlarni uch barmoqli dinozavrlar qoldirganini, bu haqda kitobda o‘qiganini aytib berdi.

Onasi izlarni suratga olib, paleontolog Sin Lida (Xing Lida)ga yubordi. Keyingi kuni olim guruhi bilan izlar topilgan joyga yetib kelib, ular chindan ham 130 million yil muqaddam yashagan yirtqich dinozavrlarga tegishli ekanligini aniqladi.

Lidaning so‘zlariga ko‘ra, yosh tadqiqotchi Chjeruy haqiqiy kashfiyotga qo‘l urgan. Negaki, ilgari mahalliy aholi orasida hech kim yerdagi izlarni qadimgi yirtqich jonivorlar qoldirganini hatto xayoliga ham keltirmagan. Ota-onasining aytishicha, o‘g‘li bilim olishga qiziqadi, paleontologiya to‘garaklariga qatnaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring