Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Berdimuhamedov yangi yilga turkman ertaklari motivlari bo‘yicha tayyorlanishni buyurdi

Berdimuhamedov yangi yilga turkman ertaklari motivlari bo‘yicha tayyorlanishni buyurdi

Foto: «Ca-news»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi 2019 yilni nishonlashga mas’uliyat bilan yondashish lozimligini aytdi.

U bolalar uchun sahna ko‘rinishlarini uyushtirishda milliy rang-baranglikka e’tibor berish, poytaxt ko‘chalari va maydonlari, archalarni bezatishda turkman ertaklari motivlaridan foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, bayram tadbirlarini tashkil etish, poytaxt va boshqa shaharlarni bayramona bezatish, savdo hududlarini archalar, archa o‘yinchoqlari va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

«Yangi yil - bu odamlarga unutilmas taassurotlar va shodlik ulashuvchi o‘ziga xos bayram va turli tadbirlarni yuqori darajada tashkil qilishga katta mas’uliyat bilan yondashish lozim», - degan prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring