Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgraddagi tartibsizliklar: 30 nafar huquq-tartibot xodimi yaralandi

Belgraddagi tartibsizliklar: 30 nafar huquq-tartibot xodimi yaralandi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Belgraddagi tartibsizliklarda 30 nafar politsiyachi jarohatlanganini, ulardan ikki nafari og‘ir jarohat olganini ma’lum qildi.

Shuningdek, 35 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan.

Vuchich noqonuniy xatti-harakatlar ishtirokchilari qayerda yashiringan bo‘lishidan qat’i nazar, ertayu kech qo‘lga olinishini ta’kidladi.

Avvalroq, ushbu tartibsizliklar fonida fuqarolarga murojaatida Vuchich Belgraddagi namoyishlar Serbiyani mustaqillik va suverenitetdan mahrum qilishga urinish ekanligini, rasmiylar tartibni himoya qilishini aytgan edi. U, shuningdek, boshqa davlatlar, jumladan, Rossiyaning hamkor razvedka xizmatlariga minnatdorchilik bildirgan, uning so‘zlariga ko‘ra, ular Serbiya rasmiylarini yaqinlashib kelayotgan tartibsizliklar haqida ogohlantirgan.

Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, parlament binosi yonida 2,5 mingga yaqin odam to‘plangan, ularning yarimi tartibsizliklarda qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring