Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bekxemning o‘g‘li milliarderning qiziga uylanyapti

Bekxemning o‘g‘li milliarderning qiziga uylanyapti

Foto: «Google.com»

Futbolchi Devid Bekxem va xonanda Viktoriya Bekxem oilasida quvonchli voqea. To‘ng‘ich o‘g‘li Bruklin aktrisa Nikola Peltsning qo‘lini so‘raganini e’lon qildi. Bu haqda u «Instagram»dagi sahifasida yozib qoldirgan.

«Ikki hafta oldin menga turmush chiqishini so‘radim va u rozi bo‘ldi. Men dunyodagi eng baxtiyor insonman. Eng yaxshi er va eng yaxshi ota bo‘lishga va’da beraman», — deb yozadi 21 yoshli kuyovbola.

Viktoriya Bekxem o‘g‘li bilan kelinini tabrikladi. Ularga umrbod baxt va muhabbat tiladi.

Yigit 25 yoshli aktrisa va amerikalik milliarder Nelson Peltsning qizi bilan bir yil oldin tanishgan. Nikol «So‘nggi ritsar», «To‘fon markazi», «Transformerlar: qirg‘in davri» va boshqa filmlardagi rollari bilan tanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring