Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bektemir Meliqo‘ziyevning AQShdagi jangi 3-raunddayoq yakunlandi

Bektemir Meliqo‘ziyevning AQShdagi jangi 3-raunddayoq yakunlandi
Professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev AQShda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan jangda hamyurtimiz amerikalik Ulises Serraga qarshi ringga ko‘tarildi. 

10 raundlik jang 3-raunddyoq o‘z yakuniga yetdi. Bektemir 3-raund yakunlanishiga oz qolganda chap qo‘li bilan bergan kuchli zarbasi orqali raqibini yiqitdi va shu tariqa nokaut evaziga g‘alabaga erishdi. 

Ushbu g‘alaba orqali Bektemir WBO Global kamarini qo‘lga kiritdi. 

Shu tariqa, Bektemir prof ringdagi 12-jangida 11-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 9 ta jangda u raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan. 1 ta jangda esa mag‘lub bo‘lgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring