Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda chiqindilar yonmoqda, aholi tutundan zaharlanyapti. Bunga ekologiya qo‘mitasi qanday qaraydi? (video)

Toshkent viloyati, Bekobod tumani, Xos MFY yaqinida joylashgan chiqindilar to‘plash joyi yonayotgani, aholi tutundan aziyat chekayotgani haqida xabar berilgan edi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari bilan bo‘lgan brifing vaqtida Xabar.uz muxbiri tomonidan ushbu masala ko‘tarildi. Qo‘mita mas’ullari bu borada ularda ma’lumot yo‘qligi, ammo muammoni hal qilish uchun tezda chora-tadbirlar ko‘rilishi haqida va’da berdi.

«Qo‘mitada 1500 xodim ishlaydi, ularning hududi 32 ming gektardan iborat. Respublika hududini qamrab olish juda qiyin.Tog‘li hududda uzoqni ko‘ra olmaysiz.

Ammo biz tinimsiz izlanish va ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga harakat qilyapmiz. Bizda huquqbuzarlikni aniqlash darajasi 43.5 foizga oshgan», — deydi Davlat ekologiya qo‘mitasi inspeksiya boshlig‘i O‘lmas Sobirov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring