Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bekobod tumani sobiq hokimiga «ish» qo‘zg‘atilgani aytilmoqda

Bekobod tumani sobiq hokimiga «ish» qo‘zg‘atilgani aytilmoqda

Bir muddat Bekobod tumani hokimi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan O.Isroilovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda. Bu haqda «Jahon.uz» sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, sobiq mansabdor jinoyat kodeksining qator moddalari bilan ayblanmoqda. Ular  orasida  mansab va mansabdorlikka oid jinoyatlar alohida o‘rin tutadi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha yana besh nafar fuqaroga ham ayb e’lon qilingani aytiladi.

Sud qachon boshlanishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Alohida qayd etish kerak, keyingi ikki-ikki yarim yil ichida Bekobodda to‘rt marta hokim o‘zgardi.

Ayni paytda tumanni N. Abdullayev boshqarmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring