Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bavariya – PSJ, Real – Liverpul. YeChLda super juftliklar yuzaga keldi

Bavariya – PSJ, Real – Liverpul. YeChLda super juftliklar yuzaga keldi

Bugun, 19-mart kuni UEFAning Nyondagi qarorgohida Chempionlar ligasi 1/4 va 1/2 final bosqichlariga qur’a tashlandi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, YeChL 1/4 finalida:

  • Manchester Siti – Borussiya D
  • Portu – Chelsi
  • Bavariya – PSJ
  • Real – Liverpul bahs olib boradigan bo‘ldi.

Qur’ada qaysi juftliklarning yarimfinalda o‘zaro duch kelishi ham aniqlandi. Unga ko‘ra:

  • Portu – Chelsi g‘olibi Real – Liverpul g‘olibi bilan, Manchester Siti – Borussiya D g‘olibi esa Bavariya – PSJ g‘olibi bilan bahslashadi.

Chorakfinalning dastlabki bahslari 6-7-aprel, javob uchrashuvlari esa 13-14-aprel kunlari o‘tkaziladi. Yarimfinal o‘yinlari esa 27-28-aprel va 4-5-may kunlariga belgilangan.

Final 29-may kuni Istanbuldagi «Otaturk» o‘yingohida o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring