Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahovuddin Naqshband ziyoratgohidagi qurigan daraxt muftiy fatvosiga ko‘ra joyidan olindi

Bahovuddin Naqshband ziyoratgohidagi qurigan daraxt muftiy fatvosiga ko‘ra joyidan olindi

Foto: «Xabar.uz»

Kuni kecha Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan «Xo‘ja Bahouddin Naqshband» ziyoratgohidagi qurigan daraxt olib tashlanishi haqida xabar berib o‘tgan edik. Mutasaddi shaxslar tomonidan «Xabar.uz»ga rasmiy ma’lumot berilishicha, tut daraxti qoldiqlari avval turgan joydan olinib, muzey ixtiyoriga topshirilgan.

Saytimizga ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning joriy yil 7 may kunidagi «Daraxt va tosh kabilarni muqaddas deb bilishning shirkligi to‘g‘risida»gi fatvosiga asosan ushbu qurigan tut daraxti ziyoratgoh hududidan olinib, Baxouddin Naqshband majmuasidagi muzeyga taqdim qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu daraxt atrofida aylanish va boshqa amallar shirk ekani bir necha bor aytilgan va ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring