Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahovuddin Naqshband ziyoratgohida shikoyatlarga sabab bo‘lgan qurigan daraxt olib tashlanishi mumkin

Bahovuddin Naqshband ziyoratgohida shikoyatlarga sabab bo‘lgan qurigan daraxt olib tashlanishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Xo‘ja Bahovuddin Naqshband ziyoratgohidagi qurigan daraxt bo‘lagi ko‘p shikoyatlarga sabab bo‘lgan edi. Ushbu yog‘och Islom diniga to‘g‘ri kelmaydigan shirk amallarga sabab bo‘layotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar uchrab turardi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda hatto daraxt bo‘lagini yoqib yuborishga urinish ham bo‘lgan.

Xabar.uz muxbiri xabar qilishicha, bahslarga sabab bo‘lgan yog‘och bo‘lagi olib tashlanishi mumkin. Bugun ziyoratgoh ma’muriyati tomonidan uning usti yopib qo‘yilgan, ertaga olib tashlanishi kutilmoqda.



Rivoyatlarga qaraganda daraxt o‘z vaqtida Hazrat Bahovuddin Naqshbandning yerga suqilgan hassasidan unib chiqqan. Garchi ziyoratgohda qurigan yog‘och atrofida aylanish va boshqa amallar shirk ekani haqida ogohlantirish yozib qo‘yilgan bo‘lsa-da, ba’zilar bunga amal qilmas edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring