Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda ayolning videosini tarqatgan shaxs ushlandi

Andijonda ayolning videosini tarqatgan shaxs ushlandi

Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi fuqaro D.G. ariza bilan murojaat qilib uning boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan videotasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilganligi va sharmanda bo‘lganligini bildirgan.

Olib borilgan tadbirlar natijasida videotasvirlarni tarqatgan shaxs Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, hozirda Andijon tumanida yashovchi P.A. ekanligi aniqlangan.

«P.A. fuqaro D.A. bilan 2020-yilga qadar norasmiy yashab kelganligi hamda uning roziligisiz yaqin munosabatda bo‘lgan vaqtida yashirin tarzda uni suratga olib tarqatib, sharmanda qilishini aytib, qo‘rqitib doimiy uchrashib yurishni talab qilganligi ma’lum bo‘ldi.

P.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid hujjatlar rasmiylashtirilgan», deyiladi IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring