Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aviahalokatda halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — TIV

Aviahalokatda halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — TIV

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, erta tongda, mahalliy vaqt bilan soat 07:22da Qozog‘istonning Olmaota shahridan uchib ketish chog‘ida «Bek Eyr» aviakompaniyasiga qarashli samolyot balandlikni yo‘qotgani va beton to‘siqni buzib o‘tib, ikki qavatli binoga borib urilgani xabar qilingandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokat oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 22 kishining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

O‘zbekiston bosh konsulxonasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Z92100 reysi bilan Olmaota – Nur Sulton yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyotning qulashi oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Vaziyat bosh konsulxona nazoratida, deyiladi TIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring