Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ashurmatovga alam qilmadimi?

Ashurmatovga alam qilmadimi?

Foto: «Championat.asia»

AGMK jamoasini o‘z tarixida birinchi marta O‘zbekiston kubogi bahslari g‘olibiga aylantirib, Osiyo chempionlar ligasiga yo‘llanma olib bergan Baxtiyor Ashurmatovning bosh murabbiylikdan bo‘shatilishi kutilmagan holmi? Albatta. Uning o‘rniga «Bunyodkor»ning sobiq ustozi Mirjalol Qosimovning tayinlanishi-chi? Yo‘q, buni kutilmagan deb bo‘lmaydi. Xalqaro maydonda to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘lgan jamoa tajribali va mahoratli murabbiy xizmatiga ehtiyoj sezishi tabiiy.

Shunga qaramay, Baxtiyor Ashurmatov o‘z o‘rnini mamnuniyat bilan Mirjalol Qosimovga bo‘shatib berdi, deyish qiyin. Buni uning o‘zi ham oshkora tan olibdi: «... Ha, ochig‘ini aytaman, men uchun ham bu kutilmagan qaror bo‘ldi. Chunki murabbiy sifatida Osiyo chempionlar ligasida qatnashish, mahorat va tajribamni oshirish, o‘zbekistonlik muxlislar mehrini qozonish uchun AGMKdagi faoliyatimni davom ettirish ajoyib imkoniyat edi», — deydi murabbiy «Inter-futbol» muxbiri bilan suhbatda.

Baxtiyor Ashurmatov AGMKdan ketgach, ko‘p vaqt ishsiz qolgani yo‘q: «Buxoro»ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu g‘olib murabbiy uchun yana bir imkoniyat: kelgusi chempionatda sobiq jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, bir xumordan chiqishi barobarida «Buxoro»ni ham OChLga yetaklavorsa, ajabmas.

Yo, nasib!..

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring