Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arnasoyda fermerlar yovvoyi giyohvand o‘simlikni yo‘q qilmagani aniqlandi

Arnasoyda fermerlar yovvoyi giyohvand o‘simlikni yo‘q qilmagani aniqlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Jizzax viloyati, Arnasoy tumanida «Qoradori – 2020» tadbirlari uyushtirildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirlar davomida fermerlar tomonidan yovvoyi giyohvandlik o‘simligini yo‘q qilmaslik holatlari aniqlandi. Jumladan, Mustaqillik» suv iste’molchilari uyushmasi hududidagi fermer xo‘jaligi ekin maydonida 45 tup, Oqbuloq suv iste’molchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xo‘jaligi ekin maydonida esa 30 tup marixuana qarovsiz holda o‘sayotgani aniqlandi.

Ushbu holatlar bo‘yicha Arnasoy tumani IIB surishtiruv o‘tkazmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring