Argentina janubidagi plyajlardan birida 30 ta o‘lik kit topildi (foto)
Kecha 14-oktyabr kuni Argentina janubida o‘lik holatda topilgan kitlar soni 30 taga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dengizdan 26 ta katta va 4 ta yosh kit o‘lik holatda topilgan. Hozirda olimlar o‘lim sabablarini aniqlashmoqda. Ularning taxminicha, kitlar suv o‘tlarining gullashidan zaharlangan. Chunki bu hududdagi plankton va ikki pallali namunalarda juda yuqori darajadagi biotoksinlar topilgan.
Ma’lumot uchun, zaharli suv o‘tlarining gullashi butun dunyo bo‘ylab muammodir. 2015-yilda suv o‘tlarining gullashi oqibatida Chilida 300 ta kit nobud bo‘lgan edi.
Inson omili bu zaharli suv o‘tlarining gullashi bilan bevosita bog‘liq. Sababi, okean haroratining ko‘tarilishi, sanoat korxonalari va o‘g‘itlar ishlatiladigan qishloq xo‘jaligi maydonlarining chiqindilari to‘g‘ri okeanga oqiziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter