Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Turkiyadan Rossiyaga mahsulot eksport qilishni to‘xtatishni talab qildi

AQSh Turkiyadan Rossiyaga mahsulot eksport qilishni to‘xtatishni talab qildi

Qo‘shma Shtatlar Turkiyadan Ukrainadagi mojaroni davom ettirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan tovarlarni Rossiyaga eksport qilishni to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda Bloomberg Vashingtondagi manbalarga tayanib yozmoqda.

Qayd etilishicha, AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Brayan Nelson va boshqa yuqori martabali amerikalik delegatlar Yaqin Sharq safari doirasida Turkiyaga tashrif buyurib, mahalliy hukumat vakillari bilan Moskvaga nisbatan eksport siyosatini muhokama qilishgan.

«AQSh rasmiylari turkiyalik hamkasblarini o‘n million dollarlik eksport nazoratidagi tovarlar Rossiyaga kirib kelayotgani va Rossiya mudofaa sanoati tomonidan mojaroni cho‘zish uchun ishlatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi», – deyiladi agentlik xabarida.

Bloomberg‘ning ta’kidlashicha, Vashingtonning 2022 yil kuzidagi xuddi shunday harakatlaridan so‘ng turk banklari Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring