Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh tashkiloti Shavkat Mirziyoyevni islohotlari uchun taqdirladi

AQSh tashkiloti  Shavkat Mirziyoyevni islohotlari uchun taqdirladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi islohotlari uchun AQShning «StrategEast» markazi tomonidan mukofotlandi. Bu haqdagi bayonot tashkilot rasmiy sahifasiga joylashtirilgan.

O‘zbekiston rahbari ushbu tashkilotning  «StrategEast Westernization Award — 2018» mukofotiga mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiya iqlimini yaxshilash, qonun ustuvorligi va xususiy mulk himoyasini ta’minlash sohasidagi xizmatlari uchun sazovor deb topilgan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning chegaraoldi muammolariga yechim topish hamda qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi alohida ta’kidlangan.

«StrategEast Westernization Award» mukofoti har yili Sobiq ittifoq davlatlarini modernizatsiya qilish hamda mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun topshiriladi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring